Abstract


Spiritual-Thematic Classification of Ethnonyms in the Work “Shajarai Turk”

Ushbu maqolada turkiy tillar, xususan o‘zbek tilidagi etnonimlar (xalq, urug‘, qabila, millat nomlari) tahlil qilinadi. Maqolada etnonimlarning etimologiyasi, paydo bo‘lishi va ularning ilmiy tasnifi muhokama qilinadi. Etnonimlar qadimiy tarixga ega bo‘lib, o‘zining rivojlanish jarayonida ko‘plab o‘zgarishlarga uchragan. Shuningdek, maqolada xalq orasida tarqalgan turli afsonalar va talqinlar etnonimlarning haqiqiy ma’nosini tushunishga to‘sqinlik qilishi mumkinligi ta'kidlanadi. Biroq, bu kabi qarashlarning ham ilmiy ahamiyati borligi va ularning tarixiy manbalarda keltirilganligi alohida qayd etilgan. Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asari orqali etnonimlarning tarixi, antroponimlarga asoslangan etnonimlar, yashash joyi va kasb-korga asoslangan nomlar o‘rganilgan. Etnonimlar, o‘zlarining turli ijtimoiy, kasbiy va etnik ahvoliga qarab, turli shakllarda paydo bo‘lgan va ular haqida ilmiy tadqiqotlar hali ham davom ettirilmoqda. Maqola etnonimlar tahlili orqali milliy til va madaniyat tarixining qadrini ochib beradi.



Keywords

etnonim, antroponim, urugʻ, qabila, totem.


Kaynakça