Abstract


The Shrine of Khoja Chorshanba

Mazkur maqolada o’rta asrlarda Buxoro shahrining janubiy-g‘arbiy tomonida joylashib, uning muhim tarkibiy qismiga aylangan Xoʻja Chorshanba mozori to’g’risida, bu ziyoratgohning tarixiy joylashgan o’rni, asrlar davomida o’zgarishi, hududining kengayish va qisqarish sabablari, shuningdek, bugungi kundagi topografik o’rni xususidagi mulohazalar keltirilgan.oʻja Chahorshanba mozori Buxoro shahridagi Chashmayi Ayyub, Turki Jandi, Xoʻja Bulg‘or, Xoʻja Nurobod, Xoʻja Sesaron qabristonlari kabi qadimiy sanaladi. Qabriston Somoniylar davriga tegishli. Bu tepalikda koʻp ulug‘lar dafn etilganligi alohida qayd qilingan. Manbalarda o’z davrining mashhur va nufuzli xonadoni sanalgan Joʻybor xoʻjalari xilxonasi ham Xoʻja Chorshanbe mozorida bo’lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi.Shunday manbalar qatoriga “Tuhfat uz-zorin” asari kiradi. Asarda Xoʻja Chorshanbe tepaligida dafn qilingan ulug‘ avliyolar mozorlari va ziyorat obyektlari haqidagi muhim ma’lumotlar keltirilgan. Jumladan, Imom Ala ul-haqq va din Imom Muzaffar (1349- yilda vafot etgan), Xoʻja Kamol ad-din Tohir ibn Hazrat Imom Muzaffar (1432- yilda vafot etgan), Sirojiddin Muhammad Shayx ul-islom, Muhiddin Muhammad Yahyo, Xoʻja Nizomiddin ibn Xoʻja Muhammad Yahyolar shu mozorda dafn etilgan.Xoʻja Chorshanba mozorida keng miqiyosli topografik oʻzgarishlar sobiq Ittifoq davrida amalga oshirilgan. Bugungi kunda Xoʻja Chorshanba qabristonidan Usto Shirin koʻchasi 39-uyning oldida birgina sag‘ana saqlab qolingan. Mazkur qabristonning shimoliy tomoni Xoʻja Aspgardon hovuzi va qadamjosiga tutashib ketgan. Hozirda Xoʻja Chorshanba qabristoni oʻrnida Usto Shirin va Shota Rustaveli koʻchalari joylashgan.Maqolada shu kabi masalalar haqida so’z yuritiladi.



Keywords

Havzi Miqdom, Joʻybor xoʻjalari, Tali Xo’ja Chahorshanbe, Somoniylar davri, muqaddas ziyoratgoh.


Kaynakça