Aruzshunoslik nafaqat adabiyotshunoslik sohasi sifatida, balki tilshunoslikning fonetik sathi doirasida, tovushlarning poetik imkoniyatlari sifatida ham o‘rganilishi lozim. Zero, turkiy tillar tizimida ham aruzning muayyan qoida va qoliplari mavjudki, zamonaviy ijodkorlar ijodida shunday go‘zal namunalarni ko‘ramiz. Aruz vazni tuzilish jihatidan fonetik uyg‘unlikka asoslanganligi tufayli fonopoetik qimmat kasb etadi. Bo‘g‘inlar cho‘ziq-qisqaligining, hijolarning sifat belgilari, ruknning xususiyatlari matnga badiiy estetik vazifa yuklaydi. Hijo aruz vaznidagi she’rning shakllanishida material vazifasini bajaribgina qolmay, uning turi, vazni, bahrlarining o‘zgarishiga olib keluvchi birlik hamdir. Hijoning shakllanishida esa tovushlar muhim tashkil etuvchi birlik vazifasini bajaradi. Demak, tovush tilning material birligi, undagi akustik jilolanish poetik nutqning muhim xususiyatidir.
aruz, pauza, ohang, ritm, temp.