Ushbu maqolada dunyodagi eng qadimgi eposlardan biri – “Bilgamish” dostoni va uning kelib chiqishi haqida ilmiy bahslar yoritiladi. Maqolada dostonning faqatgina Mesopotamiya madaniyatiga mansub ekani haqidagi an’anaviy qarashlarni shubha ostiga olinib, uning turkiy xalqlar tarixiga aloqador ekanligini asoslovchi dalillarga tayanilgan. Shumerlarning etnik kelib chiqishi, ularning tili va madaniyati turkiy xalqlar bilan bog‘liq ekani haqidagi muhim qaydlar keltiriladi. Shuningdek, dostonning nomi, syujet qurilishi va epik an’analari turkiy eposlarga xos jihatlar bilan taqqoslanadi. Tadqiqotda fonetik, semantik va madaniy o‘xshashliklar orqali “Bilgamish” dostonining turkiy ildizlarga ega bo‘lishi ehtimoli ilmiy asoslar bilan mustahkamlanadi. Ushbu yondashuv orqali turkiy adabiy va madaniy merosning qadimiyligini qayta ko‘rib chiqish uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanadi.
Bilgamish, shumer, turkiy, epos, mif.