Har qanday badiiy asar tili tasviriy vositalarining nutqiy qimmati, nutqning jozibadorligini ta’minlash, shuningdek, badiiy ta’sirchanligini oshirishdagi imkoniyatlari til sohiblarining dunyoni o‘zgacha his etishi bilan belgilanadi. Metafora badiiy matnning markaziy elementi hisoblanib, boshqa badiiy tasvir vositalariga qaraganda ancha faol bo‘lib, uning ijodiy va emotsional ta’sirini shakllantiradi hamda asarning jozibali bo‘lishini ta’minlaydi. Metafora barcha xalqlarda ancha keng va ko‘p qo‘llanadigan lingvopoetik tasviriy vositasi sifatida badiiy matnning kitobxon tasavvurida gavdalantirishga, millatga xos bo‘lgan shaxslarning obrazli tafakkurini nomoyon etishga xizmat qiladi. Metafora ma’lum bir madaniyatning ijtimoiy-madaniy e’tiqodlari va munosabati orqali shakllanadi. Shu sababdan metafora tarjimasiga kognitiv yondashish metaforalarni insonlarning tajribalari, munosabati va amaliyotlarini kontseptual ifodalovchi kognitiv konstruktsiyalar sifatida ko‘rish imkonini beradi. Maqolada metafora xalqning milliy-madaniy xususiyatlari va dunyoqarashini aks ettiruvchi lingvistik hodisa sifatida lingvokognitiv, lingvomadaniy nuqtai nazardan tadqiq qilindi. O‘zbek tilidagi “KO’NGIL” konsepti bilan ifodalangan kognitiv metaforalarning milliy-madaniy xususiyatlari va tarjimada qayta yaratilish muammolari o‘zbek adibi Abdulhamid Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asarining fransuz tilidagi tarjimasi misolida tahlil qilindi. Shuningdek, o‘zbek va fransuz tillarida so‘zlashuvchi ikkala xalqning tafakkuridagi o‘xshash va farqli jihatlar aniqlandi.
metafora, kognitiv metafora, badiiy matn, til va tafakkur, konsept, lingvistik hodisa, lingvopoetik va lingvomadaniy xususiyatlari, badiiy metafora, ko’ngil konsepti.