Dunyo tilshunosligida muayyan tilga xos xiazm hodisasini semantik-stilistik jihatdan tahlil
qilish va uni o‘zga qarindosh bo‘lmagan til bilan chog‘ishtirish, uning har ikki tildagi o‘xshash va farqli
jihatlarini aniqlash tilshunoslikning taraqqiy topishi hamda yangi terminlarning yuzaga kelishiga xizmat
qiladi. Xiazm hodisasi tadqiqi ko‘p yillar davomida tilshunoslarning o‘rganish obyekti bo‘lib kelgan.
Biroq hozirgi tilshunoslikda xiazmni tadqiq qilishga bo‘lgan yondashuv ham, uning lingvistik maqomiga
doir qarashlar ham xilma-xilligicha qolmoqda. Ushbu maqolada xiazmning nafaqat she’riy matnlarda,
balki folklor janrlarida ham qo‘llanishi haqida fikr yuritiladi. Ayniqsa, xiazmlarning folklor matnlarida,
xususan, maqollarda keng qo‘llanilishi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada xiazmlarning
millatlararo lingvokulturologik jihatlaridagi o‘xshash va farqli tomonlarini yoritish masalasiga ham
e’tibor qaratiladi.
I
Keywords: Chiasmus, stylistic figure, paremiology, proverb, folklore, wise saying, symmetry, contrast, meaning, literature, rhetoric