Zamonaviy tilshunoslikda modallik muammolarini o‘rganish hali davom etmoqda. Modal
so‘zlar gapda so‘zlovchining fikriga subyektiv munosabatini bildiradi va og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladi.
Modallik – so‘zlovchining ifodalanayotgan fikrga munosabatini bildiruvchi grammatik-semantik
kategoriya bo‘lib, muloqotda muhim ahamiyatga ega. Fransuz, rus va o‘zbek tillarida modallik turli
vositalar orqali ifodalanadi. Masalan, fransuz tilida modal fe’llar va modal so‘zlar yordamida, rus tilida
esa ba’zi modal fe’llar va so‘zlar ishlatiladi. Fransuz tilida modallikni ifodalashda fe’llar, modal so‘zlar
va intonatsiya muhim vositalardir. Ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llanadigan bu so‘zlar, tilning
kommunikativ-funksional jihatlarini ochib beradi. Fransuz tili o‘ziga xos sintaktik strukturalar orqali
modallikni ifodalashda ko‘proq murakkab tizimlarni ishlatadi. Modallik so‘zlari leksik, sintaktik va
morfologik vositalar orqali ifodalanadi va tilda nutqning umumiy mazmunini ko‘rsatishda muhim
ahamiyatga ega
nutq, intonatsiya, inkor, so‘roq, tasdiq, gumon, shartlilik, kategoriya