Abstract


Psychological Portrait of the Hero in Lukmon Burikhan’s Story “Kutilgan Kun”

Ushbu maqolada yangi o‘zbek nasrining ko‘zga ko‘ringan faol adiblaridan biri Luqmon Bo‘rixon qalamiga mansub “Kutilgan kun” hikoyasi tahlil qilingan. Yozuvchining aksariyat hikoyalari kabi “Kutilgan kun” hikoyasi ham qahramon ruhiy holatlari tasviriga boy. Ayni paytda qahramon ruhiy holatlari tasviri tashqi qiyofa haqidagi tasavvurlarni ifodalashda alohida ahamiyat kasb etadi. Biz ijodkorning o‘ziga xos uslubiga ham diqqat qaratdik. Hikoya qahramoni Boyxonning ichki monologlari vositasida adib uning orzulari va oilaviy munosabatlardagi konfliktlarga munosabatini tasvirlaydi. Biz tahlilda muallif Boyxonning noxush va qayg‘uli hayoti, oiladagi iqtisodiy va ruhiy inqiroz hamda ichki konfliktlarini ko‘rsatishda luqmanona uslub kuzatdik. Muallif obrazlarning ichki olamini tasvirlab, davr, oila, ijtimoiy munosabatlarni qalamga oladi. Hikoyadagi o‘rik daraxti ramziylikka ega. Bu ramz qahramonlarning tashqi va ichki olamidagi konfliktlarni ko‘rsatadi. Muallif, shuningdek, hikoya vositasida oiladagi kelishmovchiliklar, ijtimoiy tengsizlik va ichki ziddiyatlarni Bоyxonning ichki kechinmalari va uning tashqi olamga nisbatan konflikti vositasida ochib bergan. Yozuvchi hikoyada bir vaqtning o‘zida ijtimoiy, psixologik va hissiy dramani yoritishga erishganligi maqolada qiyosiy o‘rganildi.



Keywords

O‘zbek muallif, Luqmon Bo‘rixon, hikoya qahramonlari, ruhiy tasvir.


Kaynakça