Abstract


The Principle of Lexical Integrity at the Syntactic Level of the Uzbek Language: A Case Study of Universal Dependency

Ushbu maqolada formal-funksional tilshunoslikda so‘zlar ustuvorligiga asoslanadigan leksik yaxlitlik tamoyilining mazmun-mohiyati va uning sintaktik sathda voqelanishi yoritiladi. Qurilish ashyosi bo‘lgan so‘zning gap shakllanishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir etishi, ya’ni markaz sifatida o‘z atrofida muayyan bo‘laklarni birlashtirishi yoki kengaytiruvchi sifatida qurshov vazifasini bajarishi ochib beriladi. So‘zlarning universal sintaktik bog‘lanishdagi muhim morfemalar sifatida morfo-sintaktik munosabatlarga kirishishi, potensial gap mavqeyini istalgan [W] ga beruvchi [Pm] ning maqomi va ushbu valentlikning formal-funksional tilshunoslikda markaz qurshovlilik munosabati deb ataladigan pog‘onaviylikka asos solishi misollar yordamida tahlil qilinadi. Universal sintaktik bog‘lanish (USB/UD) yondashuvining ko‘p tillarga moslashtirilgan qulay tizim yaratishga xizmat qilishi o‘zbek tilidagi sintaktik birliklar misolida ochib beriladi. Xilma-xil tillarning tillararo izchil tahlili uchun mustahkam asos vazifasini bajaradigan ushbu nazariyaning nafaqat kompyuter yordamida tabiiy tilni tushunishga yordam berishi, balki keng qamrovli lingvistik tadqiqotlarga ham manba bo‘la olishi ilmiy asoslanadi.



Keywords

leksik yaxlitlik, universal sintaktik bog‘lanish – USB (UD), markaz qushovlilik, gap va so‘z kengaytiruvchilari


Kaynakça