Annotatsiya Hayvonot ramzlari tasviri badiiy adabiyotda juda qadimdan mavjud.. Bularning ramziy ifodasida har bir hayvonning o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib ifoda etiladi Har bir xalqning folklorida hayvonlar mavjud. Jonivorlar folklorda qadim-qadimda paydo bo‘lgan. Aslida Qur’oni karimda ham hayvonlar zikr etilgan, qur’onda keltirilgan hayvonlar insonlarga ibrat bo‘lishi, ulardan foydalanishi, halol va harom hisoblanishi aytilgan. O‘zbek xalq og‘zaki ijodida, xususan, dostonlarda ot, tuya, it, bo‘ri, Fransuz lingvomadaniyatida ayiq, bo‘ri, tulki, it, mushuk kabi hayvonlar, Ingliz lingvomadaniyatida esa ayiq, quyon, mushuk (yo‘lbars, pantera), ilon va to‘ng‘iz (cho‘chqa) eng asosiy hayvon-qahramonlar hisoblanadi. Insoniy munosabatlarni hayvonlar obrazi orqali tasvirlash adabiy animalistikaning asosiy vazifalaridandir. Animalistning bosh vazifasi jonivorni aniq tasvirlash yoki ularga insonlarga xos xususiyat, harakat va his-tuyg‘ularni berish bo‘lib, bu qo‘shilgan xarakteristikaning badiiy-obrazliligini ta’minlaydi. Shu xususiyatlardan kelib chiqib ushbu maqolada o‘zbek she‘riyatida hayvonot ramzlari tasvirlangan she’rlar tahlili berilgan.
Kalit so‘z: hayvon obrazlari, inson va jonivor, ramz, lingvomadaniyat, adabiy animalistika. emotsional, timsol.