Maqolada roman janrida konfliktning badiiy asar syujeti va obrazlar tizimidagi o‘rni tahlil
qilinadi. Konflikt faqat voqealar rivoji uchun emas, balki qahramon xarakterining shakllanishi va
psixologik talqinini chuqurlashtirish uchun ham muhim komponent hisoblanadi. Ayniqsa, maishiy va
ijtimoiy romanlarda oila, muhabbat, jamiyat ichidagi qarama-qarshiliklar turli darajada namoyon bo‘lib,
syujet dinamikasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada “O‘tkan kunlar” va F.Dyushen
romanlari tahlil qilinib, Sharq va G‘arb adabiy an’analari o‘rtasidagi bog‘liqlik, obrazlar tizimining o‘ziga
xosligi yoritiladi. A.Qodiriy va F.Dyushen ijodida realistik va psixologik tasvir an’analari uyg‘unlashgan
bo‘lib, ularning qahramonlari murakkab ruhiy kechinmalari, ijtimoiy ta’sirlar va badiiy konsepsiyalar
bilan boyitilgan. Ushbu jihatlar roman janrining epik va dramatik hususiyatlarini yanada kuchaytiradi.
Syujet, kompozitsiya, tasvir, tarjima, badiiy tarjima, badiiy obraz, adabiy aloqa, janr, konflikt.