Mazkur maqolada Navro‘zning etimologik, etnologik va genetik xususiyatlari, sharq
allomalarining asarlarida botiniy va zohiriy jihatdan qay darajada tavsiflanganligi tahliliy yoritilgan.
Tarixiy manbalarda, sharq xalqlari adabiyotida, jumladan, Mahmud Qoshg‘ariy, Rabg‘uziy, Beruniy,
Umar Hayyom, Alisher Navoiy singari ulug‘ allomalarimizning asarlarida Navro‘z etimologiyasi va
etnologiyasi bilan bog‘liq ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan. Xalqimizning sevimli bu bayrami to‘g‘risida
yaratilgan miflar, afsonalar, rivoyatlar, hikoyatlar, hikmatlarda Navro‘z ta’rifi va tasnifi aks etgan
termalar, dostonlardagi epik o‘rin o‘rganila boshlandi. Tarixiy yozma manbalardagi, badiiy adabiyotdagi
“Navro‘z” bayrami va u bilan bog‘liq ko‘plab udumlarimiz, urf-odatlarimiz hamda bir necha ming yillik
Navro‘z tarixini ilmiy jihatdan o‘rganish milliy qadriyatlar, an’analarni tiklash, barqarorlashtirishda
muhim ahamiyat kasb etadi. Folklorda ham turkiy xalqlar badiiy tafakkuri, aqliy, axloqiy, diniy, estetik va
ruhiy qarashlari, asrlardan asrlarga o‘tib kelayotgan milliy an’analari, qadriyatlari saqlangan bo‘lib, bular
ko‘proq va mukammalroq tarzda baxshichilik san’atida aks etgan. Umuman olganda, xalq baxshilari
repertuaridagi dostonlar va termalarda ham yoshi ming yillarga borib taqaladigan “Navro‘z” bayrami
hamda u bilan bog‘liq tadbirlar, udumlar, marosimlar madhini yaxlit tarzda tadqiq etish va shu orqali
baxshilar ijodida an’ananing davom etishi hamda har bir baxshining an’anaga qo‘shgan hissasi, badiiy
mahorati va badihago‘ylik qobiliyatini baholash alohida tadqiq talabdir
“Navro‘z” bayrami, ta’rifi va tasnifi, urf-odatlar, udumlar, marosimlar, badiiy mahorati va badihago‘ylik, badiiy tafakkur.